Yangiliklar

Har ming aholiga 32 ta tadbirkor to‘g‘ri keladi — statistika

Hududlar orasida eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida qayd etilgan
Har ming aholiga 32 ta tadbirkor to‘g‘ri keladi — statistika
Foto: Pexels

2026-yil 1-iyul holatiga O‘zbekistonda har ming nafar aholiga o‘rtacha 32 ta tadbirkorlik subyekti to‘g‘ri kelmoqda. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Hududlar orasida eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida qayd etilgan — poytaxtda har ming nafar aholiga 50 ta tadbirkorlik subyekti to‘g‘ri keladi. Keyingi o‘rinlarda Xorazm viloyati 46 ta, Sirdaryo viloyati 41 ta va Navoiy viloyati 38 ta ko‘rsatkich bilan joylashgan.

Raqamlar past hududlar

Jizzax va Buxoro viloyatlarida har ming aholiga 35 tadan, Toshkent viloyida 33 ta, Andijon viloyatida esa 32 ta tadbirkorlik subyekti to‘g‘ri kelmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasida bu ko‘rsatkich 30 tani tashkil etgan.

Farg‘ona va Samarqand viloyatlarida har ming aholiga 27 tadan, Qashqadaryo hamda Namangan viloyatlarida 26 tadan tadbirkorlik subyekti to‘g‘ri keladi. Eng past ko‘rsatkich Surxondaryo viloyatida qayd etilib, u yerda har ming nafar aholiga 24 ta tadbirkorlik subyekti to‘g‘ri kelgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 2026-yilning birinchi yarmida oltin eksporti keskin kamaygani haqida yozgan edi.