Avto

Yangi Chevrolet Sonic 2027 qanday imkoniyatlar bilan chiqadi

Yangi Chevrolet Sonic 2027 qanday imkoniyatlar bilan chiqadi
Foto: Chevrolet

General Motors Janubiy Amerika bozori uchun mo‘ljallangan Chevrolet Sonic 2027 krossoverining komplektatsiyalar qatorini kengaytiradi. Bu haqda GMAutority nashri xabar bermoqda.

Yaqin oylarda modelning Premier va RS versiyalariga qo‘shimcha ravishda yangi, nisbatan hamyonbop variantlar taqdim etilishi kutilmoqda.

Foto: Chevrolet

Uning aytishicha, Sonic Braziliyada tez rivojlanayotgan ixcham krossoverlar segmentida muhim o‘rin egallashi kerak. Kompaniya model savdosini nafaqat Braziliya, Argentina va Kolumbiyada, balki Janubiy Amerikaning boshqa davlatlarida ham yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.

Yana nimalar ma’lum

Hozircha yangi komplektatsiyalarning texnik xususiyatlari rasman ochiqlanmagan. Biroq Sonic’ning Premier va RS’dan pastroq joylashadigan kamida bitta versiyasi chiqarilishi kutilmoqda. Bu avtomobilga segmentdagi arzonroq va ommabop raqobatchilar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bellashish imkonini beradi.

Foto: Chevrolet

Shuningdek, kelajakda krossoverning benzin va etanol aralashmasida ishlay oladigan gibrid modifikatsiyasi paydo bo‘lishi mumkin. Bunday kuch qurilmasi General Motors’ning mintaqadagi elektrlashtirish strategiyasining bir qismi bo‘lishi aytilmoqda.

Chevrolet Sonic’ning yangi versiyalari dastlab Braziliyada, 2026-yil oxirigacha taqdim etilishi, keyinchalik esa boshqa Janubiy Amerika bozorlariga chiqarilishi kutilmoqda. 2027-yilgi modelning yuqori komplektatsiyalari hozirda Argentina, Kolumbiya, Urugvay va Paragvayda sotilmoqda. Yaqin vaqt ichida krossover Peru va yana bir nechta mamlakatda ham paydo bo‘ladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri Chevrolet Tracker 2026 qachondan ishlab chiqarilmasligi haqida yozgan edi.