Avto

Chevroletning yana ikkita pikapi sug‘urtasi eng arzon modellar qatoriga kirdi

Mercury Insurance tahliliga ko‘ra, Chevrolet modellari reytingda birinchi va ikkinchi o‘rinni oldi
Chevroletning yana ikkita pikapi sug‘urtasi eng arzon modellar qatoriga kirdi
Foto: GM Authority

Chevrolet Colorado LT va Chevrolet Silverado C3500 2026-yilgi model qatorida sug‘urtalash eng arzon bo‘lgan yangi pikaplar ro‘yxatida yetakchi o‘rinlarni egalladi. Mercury Insurance tahliliga ko‘ra, Chevrolet modellari reytingda birinchi va ikkinchi o‘rinni oldi.

Silverado C3500 ikkinchi o‘rinni egalladi

Foto: GM Authority

Mercury Insurance’ning yillik tadqiqotida Chevy Silverado C3500 sug‘urta xarajatlari eng past pikaplardan biri deb topildi, deya xabar berdi GM Authority.

Model reytingda ikkinchi o‘rinni egalladi. Birinchi o‘rinda esa yana bir Chevrolet modeli — Chevy Colorado LT qayd etildi.

Chevrolet ikkita yetakchi o‘rinni oldi

Tahlilga ko‘ra, Chevrolet brendi eng arzon sug‘urtalanadigan pikaplar ro‘yxatining dastlabki ikki pog‘onasini egallagan.

Uchinchi o‘rinda Ford Maverick va Ford Ranger modellari bir xil natija bilan joylashdi. Keyingi o‘rinlarda Hyundai Santa Cruz SE, Toyota Tundra CrewMax, Ford F-150 va Toyota Tacoma kabi pikaplar bor.

Sug‘urta narxiga bir nechta omil ta’sir qiladi

Foto: GM Authority

Mercury Insurance mutaxassislariga ko‘ra, avtomobil narxidan tashqari sug‘urta xarajati ham xaridorlar uchun muhim hisoblanadi.

Sug‘urta stavkalariga ta’mirlash xarajatlari, ehtiyot qismlar narxi, o‘g‘irlanish holatlari, xavfsizlik texnologiyalari va avtomobil egasining haydovchilik tarixi ta’sir qiladi.

Pikap xaridorlariga xarajatlarni oldindan solishtirish tavsiya etildi

Mercury Insurance vakili Chong Gaoning aytishicha, xaridorlar avtomobil sotib olishdan oldin sug‘urta xarajatlarini ham solishtirishi kerak.

Uning ta’kidlashicha, pikap xaridorlari ko‘pincha tortish quvvati, yuk ko‘tarish imkoniyati va texnik ko‘rsatkichlarga e’tibor beradi. Biroq sug‘urta xarajati ham avtomobilga egalik qilish umumiy qiymatining muhim qismi hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chevrolet Blazer 2026-yilgi modellar orasida sug‘urtalash eng arzon bo‘lgan krossoverlardan biri deb topilgandi