
O‘zbekistonda 2026-yilning yanvar–iyun oylarida 373 ming tirik tug‘ilish holati qayd etildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Hududlar orasida eng ko‘p tug‘ilish Samarqand viloyatida kuzatilib, olti oy davomida 46 436 nafar chaqaloq dunyoga kelgan. Keyingi o‘rinlarni Farg‘ona viloyati 41 773 ta, Qashqadaryo viloyati 41 261 ta va Surxondaryo viloyati 35 461 ta ko‘rsatkich bilan egalladi.
Boshqa hududlarda
Andijon viloyatida 32 949 ta, Namangan viloyatida 31 441 ta, Toshkent viloyatida 29 024 ta, Toshkent shahrida esa 27 446 ta tirik tug‘ilish holati qayd etildi. Shuningdek, Buxoro viloyatida 17 535 nafar, Xorazm viloyatida 17 112 nafar, Jizzax viloyatida 16 949 nafar va Qoraqalpog‘iston Respublikasida 15 894 nafar chaqaloq tug‘ildi.
Eng kam tug‘ilish Navoiy va Sirdaryo viloyatlarida qayd etildi. Mazkur hududlarda mos ravishda 10 724 ta va 9 384 ta tirik tug‘ilish holati kuzatildi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Toshkentga ikki yilda 19 mlrd dollar investitsiya jalb qilinishi haqida yozgan edi.