Gadjetlar

Iyul oyi uchun eng kuchli Android smartfonlari e’lon qilindi

Iyul oyi uchun eng kuchli Android smartfonlari e’lon qilindi
Foto: PlayGround

iQOO 15 Ultra 2026-yil iyul oyida Xitoy bozoridagi eng kuchli Android smartfonlari AnTuTu reytingida birinchi o‘rinni egalladi. Qurilma sinovlarda o‘rtacha 4 128 314 ball to‘plab, ketma-ket ikkinchi oy yetakchilikni saqlab qoldi.

Reytingning ikkinchi pog‘onasidan 4 084 233 ball bilan Red Magic 11S Pro+, uchinchi o‘rindan esa 4 064 959 ball qayd etgan iQOO 15 joy oldi. Oddiy iQOO 15 faol sovitish tizimiga ega emasligiga qaramay, Ultra versiyasidan atigi 63,4 ming ballga ortda qolgan.

Vivo, Realme, Honor modellari ham bor

Foto: Oppo

Keyingi o‘rinlarni 3 980 167 ball bilan Vivo X300 Ultra, 3 950 644 ball bilan Realme GT8 Pro va 3 928 977 ball bilan Honor Win egalladi. Oppo Find X9 Ultra 3 849 290 ball bilan yettinchi, Honor Magic8 Pro 3 822 287 ball bilan sakkizinchi, Honor Magic8 3 807 487 ball bilan to‘qqizinchi o‘ringa joylashdi. Kuchli o‘ntalikni 3 770 699 ball qayd etgan OnePlus 15 yakunladi.

Foto: GSMArena

Honor reytingga uchta modeli bilan kirib, kuchli o‘ntalikda eng ko‘p smartfonga ega brend bo‘ldi. Ro‘yxatdagi qurilmalarning deyarli barchasi Snapdragon 8 Elite Gen 5 platformasida ishlaydi.

Reyting qanday tuzilgan

Foto: Realme

AnTuTu reytingi alohida sinovlarda qayd etilgan eng yuqori natijalarga emas, balki 1–31-iyul kunlari davomida to‘plangan o‘rtacha ballarga asoslangan. Ro‘yxatga Xitoy bozorida kamida 1 mingta to‘g‘ri bajarilgan sinov natijasi mavjud bo‘lgan smartfonlargina kiritilgan.

Platforma mutaxassislari test natijalari qurilma harorati, dasturiy ta’minot versiyasi va tizim optimallashtirilishiga qarab farq qilishi mumkinligini ta’kidladi. Shu sababli reyting smartfonlar unumdorligini solishtirish uchun yo‘nalish sifatida qaralishi lozim. AnTuTu iyul oyidagi subflagmanlar reytingini ham e’lon qilgan bo‘lib, unda Honor 600 Pro birinchi o‘rinni egalladi.

Avvalroq «Kursiv» dunyodagi eng kuchli subflagman smartfonlar aniqlangani haqida yozgan edi.