
Kongo Demokratik Respublikasida Ebola virusibilan kasallanish holatlari soni 3 748 nafarga yetgan, qurbonlar soni esa 1 657 kishini tashkil qilmoqda. Bu haqda Kongo Milliy jamoat salomatligi instituti Linkedin’dagi sahifasida xabar berdi.
Bir sutkada 74 ta yangi holat qayd etildi
So‘nggi 24 soat ichida mamlakatda 74 nafar bemorda Ebola infeksiyasi aniqlangan. Shu davrda 36 kishi vafot etgan, 42 nafar bemor esa sog‘aygan.
JSST vaziyatdan xavotir bildirdi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Kongoda Ebola virusi tarqalishi davom etayotganidan jiddiy xavotir bildirgan. Tashkilotga ko‘ra, kasallanish holatlarining ko‘payishi, virus tarqalish geografiyasining kengayishi va o‘lim ko‘rsatkichining yuqoriligicha qolayotgani epidemiologik vaziyat tez sur’atlarda yomonlashayotganini ko‘rsatmoqda.
Yangi shtammga qarshi vaksina yo‘q
15-may kuni e’lon qilingan Ebola epidemiyasi avvalgi to‘lqinlardan farq qiladi. Mutaxassislar ta’kidlashicha, kasallikning Bundibugyo shtammiga qarshi hozircha sertifikatlangan vaksina yoki tasdiqlangan davolash usuli mavjud emas.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Bangladeshda qizamiq qurbonlari soni 779 nafarga yetgani haqida yozgandi.