Yangiliklar

O‘zbekistonda 5-avgust kuni qanday ob-havo kutilmoqda

Havo harorati ayrim viloyatlarda 38 darajagacha ko‘tariladi
14-iyul kuni harorat 45 darajagacha ko‘tariladi
Foto: Vadim Yerzikov / Kursiv Uzbekistan

5-avgust kuni O‘zbekistonning aksariyat hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar berdi.

Havo harorati ayrim viloyatlarda 38 darajagacha ko‘tariladi, ayrim joylarda esa shamol kuchayib, chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

Toshkentda 35 darajagacha issiq bo‘ladi

Poytaxtda havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan esadigan shamol 3–8 m/s tezlikda bo‘lib, ba’zi joylarda 10–12 m/s gacha kuchayishi va chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 21–23, kunduzi 33–35 daraja bo‘ladi.

Hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo 33–38 darajagacha, Buxoro va Navoiy viloyatlarida 31–36 darajagacha isiydi. Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida esa kunduzgi harorat 31–36 darajani tashkil etadi.

Janubda shamol kuchayadi

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida sharqdan 9–14 m/s tezlikda shamol esadi. Ushbu hududlarda havo harorati kechasi 20–25, kunduzi 33–38 daraja atrofida bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

Avvalroq «Kursiv» nashri 4–7-avgustda O‘zbekistonning tog‘li hududlarida sel xavfi e’lon qilingani haqida yozgandi.