Yangiliklar

Dollar yana pasaydi: 6-avgust uchun valyutalar kursi

5-avgustga kelib AQSh valyutasi pasaya boshladi
Dollar yana pasaydi: 6-avgust uchun valyutalar kursi
Foto: Depositphotos

6-avgust uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar kursi 55,49 so‘mga tushib, 11 886,72 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.

Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi

Dollar 29-iyul kuni 61,42 so‘mga oshib, 12 050,34 so‘m, 30-iyul kuni esa 15,08 so‘mga tushib, 12 035,26 so‘mga, 31-iyul kuni 28,87 so‘mga tushib, 12 006,39 so‘m yetgan edi. 3-avgust kuni 46,21 so‘mga tushib, 12 960,13 so‘mga pasaydi. 4-avgust kuni esa o‘sish tendensiyasini ko‘rsatib, 11 989,14 so‘mni (+29,28) tashkil etdi. 5-avgustga kelib AQSh valyutasi pasaya boshladi, shuni 7,25 so‘mga tushib, 11 942,21 so‘m bo‘ldi.

Yevro kursida ham tushish kuzatildi. Yevropa valyutasi 25,83 so‘mga tushib, 13 717,27 so‘m bo‘ldi. Rossiya rubli pasaydi. Rubl kursi 1,05 so‘mga tushib, 146,37 so‘mni tashkil qildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 5-avgust kuni dollar kursi qanchaga pasaygani haqida yozgan edi.