Yangiliklar

Jazirama odamlarni o‘ldirmoqda: Janubiy Koreyada issiq sabab 16 ta o‘lim holati qayd etildi

Jazirama odamlarni o‘ldirmoqda: Janubiy Koreyada issiq sabab 16 ta o‘lim holati qayd etildi
Foto: ALBS

Janubiy Koreyada rekord darajadagi jazirama oqibatida kamida 16 kishi halok bo‘ldi. Joriy yilning 15-mayidan 2-avgustigacha mamlakatda 2 025 kishida issiq bilan bog‘liq kasalliklar qayd etildi, deb xabar berdi mamlakat Ichki ishlar vazirligi.

Prezident Li Chje Myon ekstremal ob-havo hodisalari tobora odatiy tus olayotganini ta’kidlab, mansabdorlarni aholini himoya qilish choralarini tezlashtirishga chaqirdi. U milliy inqirozlarga qarshi kurash tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqish, shuningdek, konditsionerlardan foydalanish ortishi fonida elektr ta’minoti tizimlarini tekshirish zarurligini bildirgan.

Iqlim qanday o‘zgarmoqda

Yakshanba kuni mamlakat janubi-sharqidagi Yansan shahrida havo harorati 42,5 darajaga yetdi. Milliy meteorologiya agentligi ma’lumotiga ko‘ra, bu hududda kuzatuvlar olib borilgan so‘nggi 122 yil ichidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Dushanba kuni Seulning ayrim hududlari va Kyongido provinsiyasida ilk bor kuchli issiqdan ogohlantirish e’lon qilindi. Seshanba kuni esa ogohlantirish poytaxtning barcha hududlariga kengaytirildi. Ushbu tizim favqulodda yuqori harorat haqida aholini xabardor qilish uchun joriy yilda ishga tushirilgan.

Avvalroq «Kursiv» 5-avgust kuni qanday ob-havo kutilayotgani haqida yozgan edi.