Yangiliklar

So‘nggi ikki oyda Nukusga 44 ta zamonaviy avtobus olib kelindi

Avtobuslar shahar ichki yo‘nalishlarida brutto-shartnoma asosida qatnovga chiqariladi
So‘nggi ikki oyda Nukusga 44 ta zamonaviy avtobus olib kelindi
Foto: Transport vazirligi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahri jamoat transporti parki yana 44 ta zamonaviy avtobus bilan to‘ldirildi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Yangi avtobuslar shahar ichki yo‘nalishlarida brutto-shartnoma asosida qatnovga chiqariladi.

Yangi avtobuslar ikki korxona tomonidan olib kelindi

Prezident topshiriqlari ijrosi doirasida hududlarda jamoat transportini modernizatsiya qilish ishlari davom etmoqda. Xususan, Nukus shahrida yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi «Fayz Avangard» MChJ 32 ta, «Mangit Lestorg» MChJ esa 12 ta zamonaviy avtobus olib keldi.

Brutto-shartnoma asosida qatnovga chiqariladi

Yangi avtobuslar yo‘lovchilarga qulay va xavfsiz transport xizmatlarini ko‘rsatish, shahar jamoat transporti tizimi samaradorligini oshirish maqsadida ichki yo‘nalishlarga brutto-shartnoma asosida taqsimlanadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan poytaxt avtobuslarida qoidabuzarliklar 50,5 foizga kamaygani haqida yozgandi.