Lifestyle

600 ming obunachisi bor bloger efir vaqtida otib ketildi

Bloger hazil videolari bilan tanilgan
600 ming obunachisi bor bloger efir vaqtida otib ketildi
Foto: Instagram/Cesar Gastelum

Meksikalik TikTok blogeri Sesar Gastelum 4-avgust kuni do‘stlari bilan jonli efir olib borayotgan vaqtda otib ketildi. Uning TikTok sahifasida qariyb 600 ming obunachisi bo‘lgan.

Reuters ma’lumotiga ko‘ra, Gastelum do‘stlari bilan Kuliakan shahridagi restoran yaqinida jonli efir qilayotgan bo‘lgan.

Shu payt ularning yoniga mototsiklda ikki kishi kelgan. Ulardan biri blogerga qarata o‘q uzgani aytilmoqda.

Bloger hazil videolari bilan tanilgan

Sesar Gastelum TikTok’da asosan hazil videolari orqali tanilgan edi.

Uning so‘nggi videosi 3,2 mln marta ko‘rilgan. Hodisa esa jonli efir vaqtida sodir bo‘lgan.

Meksika rasmiylari blogerning vafot etganini tasdiqladi. Hodisa Kuliakan shahrida raqib jinoiy guruhlar o‘rtasida ziddiyat davom etayotgan bir paytda yuz bergani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq alkogolli ichimliklarni reklama qilgan bloger ma’muriy javobgarlikka tortilgandi. Aniqlangan holat yuzasidan Raqobat qo‘mitasi tomonidan reklama qilinishi qonunchilik bilan taqiqlangan mahsulotni reklama qilgani uchun bloger N. Sobirov belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortildi. Mazkur ish bo‘yicha tegishli hujjatlar sudga yuborildi.