Kino va seriallar

Lego «Garri Potter»dagi Sehrgarlik vazirligi to‘plamini taqdim etdi — foto

Yangi konstruktor 1-sentabrdan sotuvga chiqariladi
Lego «Garri Potter»dagi Sehrgarlik vazirligi to‘plamini taqdim etdi — foto
Foto: Lego

Lego «Garri Potter» olamiga bag‘ishlangan yangi konstruktor to‘plamini taqdim etdi. Bu haqda kompaniya rasmiy sahifasida ma’lum qildi.

Foto: Lego

To‘plam uch qavatli bino ko‘rinishida yaratilgan

Lego kompaniyasi «Garri Potter» franshizasiga bag‘ishlangan yangi «The Ministry of Magic» (№76476) konstruktorini namoyish etdi. To‘plamda jami 3491 ta detal bo‘lib, yig‘ilgandan so‘ng uning o‘lchami 51×35×15 smni tashkil etadi.

Foto: Lego

Model «Feniks ordeni» va «Ajal tuhfalari» filmlari asosida yaratilgan bo‘lib, uch qavatdan iborat. Unda Albus Dambldor va Voldemort o‘rtasidagi mashhur jang, shuningdek filmdagi boshqa muhim sahnalarni qayta yaratish mumkin.

Foto: Lego

14 ta qahramon figurasi jamlangan

To‘plam tarkibiga «Garri Potter» olamidagi 14 ta mini-figura ham kiritilgan. Bu esa muxlislarga film voqealarini yanada batafsil aks ettirish imkonini beradi.

Foto: Lego

Yangi konstruktor 1-sentabrdan sotuvga chiqariladi. Uning tavsiya etilgan narxi $450 etib belgilangan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Nyu-Yorkda Lego’dan ulkan Jahon chempionati kubogi yasalgani haqida yozgandi.