
8 – 9-avgust kunlari aholiga moliyaviy xizmatlardan foydalanishda qulaylik yaratish maqsadida ayrim banklar odatdagi faoliyatini davom ettiradi. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.
Quyidagi tijorat banklarining valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalari shoxobchalari aholiga xizmat ko‘rsatadi:
- Agrobank
- APEX BANK
- O’zmilliybank
- Tenge bank
- Hamkorbank
- ANOR BANK
- Garant bank
- Hayot bank
- O’zsanoatqurilishbank
- Trastbank
- Ipoteka-bank
- InFinBank
- Biznesni rivojlantirish banki
- Ipak Yuli bank
- Xalq banki
- Orient Finans bank
- Saderat bank
- Mikrokreditbank
- Poytaxt bank
- Asakabank
- ASIA ALLIANCE BANK
- Kapitalbank
Shuningdek, fuqarolar valyutani sutkaning istalgan vaqtida bank binosiga bormasdan, tijorat banklarining mobil ilovalari yoki 24/7 rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari orqali ayirboshlashi mumkin.
Bundan tashqari, dam olish kunlari ham aholiga qulaylik yaratish maqsadida ayrim tijorat banklari tomonidan valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalari shoxobchalari faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 10-avgust uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgandi.