Banklar va moliya

Qaysi banklarda avtokreditlar bo‘yicha foiz stavkalari past

Avgust boshiga ko‘ra
Qaysi banklarda avtokreditlar bo‘yicha foiz stavkalari past
Foto: depositphotos

Avgust boshiga ko‘ra, tijorat banklarida amal qilayotgan mikroqarz va avtokreditlarning so‘nggi 10 ish kuni bo‘yicha foiz stavkalari e’lon qilindi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

Mazkur davrda mamlakatdagi tijorat banklari tomonidan taqdim etilayotgan avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 21,1 foizda saqlanib qoldi. Shundan jismoniy shaxslarga ajratilayotgan kreditlarning (mikroqarz va kredit kartalaridan tashqari) o‘rtacha foiz stavkasi 22,3 foizni, yuridik shaxslar ulushi ham 22,1 foizni ko‘rsatmoqda.

Bunda eng past avtokredit stavkasi «Ipoteka bank» tomonidan taklif qilingan bo‘lib, 18,1 foizni tashkil etdi. Bungacha eng kam foiz «BRB» (18,1%) tomonidan taklif qilingandi.

Xususan, eng kam foizli avtokreditlar quyidagi banklarda ham kuzatilmoqda:

  • «Ipoteka-bank» – 18,1%;
  • «BRB» – 18,2%;
  • «Davrbank» – 18,6%;
  • «Aloqabank» – 19,2%;
  • «Apex bank» – 20,4%.

Eng yuqori avtokredit stavkasi:

  • «Hamkorbank» – 27%;
  • «Agrobank» – 25,1%;
  • «Trastbank» – 24,5%;
  • «Mikrokreditbank» – 24,1%
  • «Asia Alliance bank» – 23,7%.

Markaziy bank izohiga ko‘ra, avtomobil ishlab chiqaruvchilar yoki dilerlar bilan hamkorlik asosida beriladigan kreditlarda foiz stavkalari pastroq bo‘lishi mumkin. Shuningdek, avtokreditlar bo‘yicha stavkalar avtomobil turi, yoshi, boshlang‘ich badal miqdori va boshqa shartlarga qarab farq qiladi.

Mikroqarzlar

Mikroqarzlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi esa 28,5 foizdan 28,7 foizga oshdi. Shundan jismoniy shaxslarga ajratilayotgan kreditlarning (mikroqarz va kredit kartalaridan tashqari) o‘rtacha foiz stavkasi 22,3 foizni, yuridik shaxslar ulushi ham 22,1 foizni ko‘rsatmoqda.

Bunda eng yuqori foiz stavkasi quyidagi banklarda qayd etilgan:

  • «Anor bank» – 41,1%
  • «AVO bank» – 39,9%;
  • «Uzum bank» – 38%;
  • «TBC bank» – 36,1%;
  • «Tenge bank» – 35,5%.

Eng past mikroqarz foiz stavkasi «Aloqabank» (22,9%) tomonidan taklif qilinmoqda. Bundan avval ham eng kam foiz stavkasi 22,7% bo‘lib, uni ham «Aloqabank» taklif etgandi.

Bundan tashqari, eng kam foizli mikroqarzlar quyidagi banklarda ham mavjud:

  • «Aloqabank» – 22,9%;
  • «Trastbank» – 23,6%;
  • «Infinbank» – 24%;
  • «Asia Alliance bank» – 24,4%;
  • «Milliy bank» – 25%.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 21,4 foizdan 21,1 foizga tushgandi. Shundan jismoniy shaxslarga ajratilayotgan kreditlarning (mikroqarz va kredit kartalaridan tashqari) o‘rtacha foiz stavkasi 22,5 foizni, yuridik shaxslar ulushi ham 22,6 foizni ko‘rsatdi.