
9-avgust kuni O‘zbekiston hududida asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Bu haqda «O‘zgisromet» xabar berdi.
Ayrim hududlarda havo harorati 42 darajagacha ko‘tariladi.
Hududlarda shamol 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat 35–40°, shimol, janub va cho‘l hududlarida 41–42° gacha yetadi.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5–10 m/s tezlikda esadi. Havo 37–39° gacha isiydi.
Tog‘li hududlarda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Shamol 9–14 m/s tezlikda esadi. Harorat 26–31° bo‘ladi.
Avvalroq «Kursiv» nashri dam olish kunlari O‘zbekistonda havo 42 darajagacha isishi mumkinligi haqida yozgandi.