Yangiliklar

O‘zbekistonda 2025-yilda 11 mingdan ortiq erkak o‘zidan katta ayolga uylandi

Bunday nikohlar soni bo‘yicha Toshkent shahri yetakchi
Turkiyada oila qurish bo'yicha o'zbekistonliklar ikkinchi o'rinda
Foto: Jennifer Scholtz / Linkedin

2025-yilda O‘zbekistonda 11 040 ta nikohda kelinning yoshi kuyovnikidan katta bo‘lgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Eng ko‘p nikoh Toshkentda

Bunday nikohlar soni bo‘yicha Toshkent shahri yetakchi — bu yerda 1 809 ta holat qayd etilgan.

Keyingi o‘rinlarni Xorazm va Qashqadaryo viloyatlari egallagan. Hududlar kesimida ko‘rsatkichlar quyidagicha:

  • Xorazm — 1 066 ta;
  • Qashqadaryo — 995 ta;
  • Buxoro — 979 ta;
  • Samarqand — 967 ta;
  • Toshkent viloyati — 928 ta;
  • Surxondaryo — 850 ta;
  • Qoraqalpog‘iston — 772 ta;
  • Farg‘ona — 715 ta;
  • Namangan — 509 ta;
  • Andijon — 486 ta;
  • Jizzax — 373 ta;
  • Navoiy — 351 ta;
  • Sirdaryo — 240 ta.

Sirdaryoda eng kam qayd etilgan

Eng kam ko‘rsatkich Sirdaryo viloyatida kuzatilgan — 240 ta nikoh. Navoiyda 351 ta, Jizzaxda esa 373 ta shunday nikoh qayd etilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan olti oyda qariyb 25 ming oila ajrashgani haqida yozgandi.