Yangiliklar

Endi banklardan 500 dollargacha valyutani hujjatsiz sotib olish mumkin bo‘ldi

Avval hujjatsiz sotib olish mumkin bo‘lgan miqdor $100 edi
Bankdan hujjatlarsiz olinadigan naqd valyuta limiti 500 dollargacha oshiriladi
Foto: Hafiza Muxtorova / SI

O‘zbekistonda banklardan $500 gacha naqd chet el valyutasini pasport yoki ID-kartasiz sotib olish tartibi kuchga kirdi. Avval hujjatsiz sotib olish mumkin bo‘lgan miqdor $100 edi.

Adliya vazirligi tashabbusi bilan qabul qilingan idoraviy hujjat 2026-yil 9-avgustdan kuchga kirdi. Unga ko‘ra, endilikda fuqarolardan banklarda $500 gacha naqd chet el valyutasini sotib olishda pasport, ID-karta yoki ularning o‘rnini bosuvchi boshqa hujjat talab etilmaydi.

Avvalgi limit $100 edi

Bungacha banklardan chet el valyutasini hujjatsiz sotib olish mumkin bo‘lgan miqdor $100 ni tashkil etgan. Yangi tartib bilan ushbu chegara besh baravarga oshirildi.

Vazirlik bunday tashabbuslarni amaliyotga joriy qilishni asosiy vazifalaridan biri sifatida ko‘rsatmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 10-avgust uchun valyutalar kursi e’lon qilingandi. Unga ko‘ra, dollar kursi 36,46 so‘mga oshib, 11 952,10 so‘mni tashkil etdi.