Kino va seriallar

«O‘rgimchak odam: Yangi kun» AQShda ikkinchi haftadayoq rekord natijaga erishdi

AQSh kino tarixidagi eng yuqori uchinchi natijani ko‘rsatdi
«O‘rgimchak odam: Yangi kun» AQShda ikkinchi haftadayoq rekord natijaga erishdi
Foto: Sony Pictures

Sony va Marvel studiyalarining Tom Holland bosh rolni ijro etgan «O‘rgimchak odam: Yangi kun» filmi prokatda yuqori natijalarni qayd etishda davom etmoqda. Bu haqda Variety nashri xabar berdi.

Film Shimoliy Amerikadagi ikkinchi prokat haftasida $145 mln daromad olib, AQSh kino tarixidagi eng yuqori uchinchi natijani ko‘rsatdi.

Ikkinchi haftadagi rekord natija

Filmning ikkinchi dam olish kunlaridagi daromadi faqat «Yulduzlar jangi: Kuchning uyg‘onishi» va «Qasoskorlar: Intiho» filmlaridan ortda qoldi.

Premyera haftasiga nisbatan tushumning kamayishi 60 foizdan kam bo‘lgan. Mutaxassislar buni yirik budjetli filmlar uchun yaxshi ko‘rsatkich deb hisoblaydi.

AQSh va Kanadada 10 kun ichida filmning umumiy tushumi $655 mlnga yetgan.

Jahon bo‘yicha $1,67 mlrd

Film xalqaro prokatda ham yuqori natija qayd etmoqda. U Shimoliy Amerikadan tashqarida $1 mlrdlik chegarani eng tez bosib o‘tgan filmlar orasida ikkinchi o‘rinni egalladi.

«O‘rgimchak odam: Yangi kun»ning jahon bo‘yicha umumiy tushumi $1,67 mlrddan oshdi.

Shu tariqa film 2026-yilning eng ko‘p daromad keltirgan kartinasiga aylandi va jahon kino tarixidagi eng yuqori kassaga ega filmlar reytingida 12-o‘ringa ko‘tarildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «O‘rgimchak odam: Yangi kun» filmi nima haqida ekanini yozgandi.