Yangiliklar

Toshkentda skuter va moped haydovchilari o‘rtasida reydlar o‘tkazildi

Qoidabuzarlar jarimaga tortildi
Foto: YHXB rasmiy kanali

Toshkent shahrida skuter, velosiped va moped haydovchilari o‘rtasida yo‘l harakati qoidalariga rioya etilishi bo‘yicha kunduzgi va tungi reydlar o‘tkazildi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Haydovchilarga xavfsizlik qoidalari tushuntirildi

Reydlar davomida harakat ishtirokchilariga yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilish, yo‘lda ehtiyotkorlikni oshirish va himoya vositalaridan foydalanish zarurligi tushuntirildi.

Tadbirlarning asosiy maqsadi yo‘llarda xavfsizlikni ta’minlash va skuter hamda moped haydovchilari ishtirokidagi qoidabuzarliklarning oldini olishdan iborat bo‘lgan.

Qoidabuzarlarga chora ko‘rildi

Reydlar davomida yo‘l harakati qoidalarini buzgan mototransport vositalari haydovchilariga nisbatan qonunchilikda belgilangan choralar ko‘rildi. Shuningdek, ular bilan profilaktik-tushuntirish ishlari olib borildi.

Toshkent shahar IIBB YHXB ma’lumotiga ko‘ra, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan profilaktik tadbirlar muntazam davom ettiriladi.

Avvalroq Sirdaryo viloyatining Xovos tumanidan o‘tuvchi M-34 avtomobil yo‘lida Chakman va Captiva rusumli avtomobillar to‘qnashishi oqibatida uch kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.