
10-avgust holatiga ko‘ra, tijorat banklarida amal qilayotgan mikroqarz va avtokreditlarning so‘nggi 10 ish kuni bo‘yicha foiz stavkalari e’lon qilindi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.
Mazkur davrda mamlakatdagi tijorat banklari tomonidan taqdim etilayotgan avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 21,1 foizdan 21,3 foizga oshdi. Shundan jismoniy shaxslarga ajratilayotgan kreditlarning (mikroqarz va kredit kartalaridan tashqari) o‘rtacha foiz stavkasi 22,2 foizni, yuridik shaxslar ulushi ham 22,3 foizni ko‘rsatmoqda.
Bunda eng past avtokredit stavkasi «BRB» tomonidan taklif qilingan bo‘lib, 18,7 foizni tashkil etdi. Bungacha ham eng kam foiz «BRB» (18,1%) tomonidan taklif qilingandi.
Xususan, eng kam foizli avtokreditlar quyidagi banklarda ham kuzatilmoqda:
- «BRB» – 18,7%;
- «Ipoteka-bank» – 19,1%;
- «Aloqabank» – 19,6%;
- «Davrbank» – 20%;
- «Apex bank» – 20,8%.

Eng yuqori avtokredit stavkasi:
- «Hamkorbank» – 26,9%;
- «Trastbank» – 24,6%;
- «Mikrokreditbank» – 23,9%;
- «Agrobank» – 23,8%;
- «Asia Alliance bank» – 22,9%.
Markaziy bank izohiga ko‘ra, avtomobil ishlab chiqaruvchilar yoki dilerlar bilan hamkorlik asosida beriladigan kreditlarda foiz stavkalari pastroq bo‘lishi mumkin. Shuningdek, avtokreditlar bo‘yicha stavkalar avtomobil turi, yoshi, boshlang‘ich badal miqdori va boshqa shartlarga qarab farq qiladi.
Mikroqarzlar
Mikroqarzlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi esa 28,7 foizdan 29,4 foizga oshdi. Shundan jismoniy shaxslarga ajratilayotgan kreditlarning (mikroqarz va kredit kartalaridan tashqari) o‘rtacha foiz stavkasi 22,2 foizni, yuridik shaxslar ulushi ham 22,3 foizni ko‘rsatmoqda.
Bunda eng yuqori foiz stavkasi quyidagi banklarda qayd etilgan:
- «Anor bank» – 41,1%
- «AVO bank» – 39,9%;
- «Uzum bank» – 38%;
- «TBC bank» – 36,2%;
- «Tenge bank» – 35,4%.

Eng past mikroqarz foiz stavkasi «Aloqabank» (22,9%) tomonidan taklif qilinmoqda. Bundan avval ham eng kam foiz stavkasi xuddi shunday bo‘lib, uni ham «Aloqabank» taklif etgandi.
Bundan tashqari, eng kam foizli mikroqarzlar quyidagi banklarda ham mavjud:
- «Aloqabank» – 22,9%;
- «Trastbank» – 23,8%;
- «Infinbank» – 24%;
- «Asia Alliance bank» – 24,5%;
- «Milliy bank» – 24,9%.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda qiymati 440 mln so‘mgacha bo‘lgan elektromobillarni xarid qilish uchun olingan avtokreditlar foizining bir qismini Davlat budjetidan qoplash taklif etilayotgani haqida xabar berilgandi. Iqtisodchi Otabek Bakirov bu tashabbusni keskin tanqid qilib, budjet mablag‘larini nisbatan qimmat avtomobil xaridorlarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirish o‘rniga elektromobillar uchun utilizatsiya yig‘imini kamaytirish yoki bekor qilish ma’qulroq ekanini ta’kidladi.