Yangiliklar

Bunyodkor ko‘chasida yo‘l yopilishi sabab 4 ta avtobus yo‘nalishi o‘zgardi

41-, 77-, 116- va 118-sonli avtobuslar
Yarim yilda Toshkent jamoat transportida 205,5 million yo‘lovchi tashildi
Foto: Transport vazirligi

Toshkentda Bunyodkor ko‘chasining qo‘shimcha yo‘l bo‘lagi vaqtincha yopildi. Shu sabab 41-, 77-, 116- va 118-sonli avtobuslar ta’mirlash ishlari yakunlangunga qadar o‘zgartirilgan yo‘nalish bo‘yicha harakatlanadi. Bu haqda Toshkent shahar transport bosh boshqarmasi xabar berdi.

Bunyodkor ko‘chasining Qatortol-2 ko‘chasidan So‘galli ota ko‘chasigacha bo‘lgan qo‘shimcha yo‘l bo‘lagi kommunal tarmoqlarda ta’mirlash ishlari sabab yopilgan. Yo‘l ta’mirlash ishlari yakunlangunga qadar yopiq bo‘ladi.

Avtobuslar yo‘nalishi

Xarita: Toshkent shahar transport bosh boshqarmasi

41- va 118-sonli avtobuslar «Chilonzor» buyum bozori tomon harakatlanganda Qatortol, Zargarlik, Qatortol-2 ko‘chalari hamda Bunyodkor ko‘chasining asosiy yo‘li orqali qatnaydi.

77-sonli avtobus «Chilonzor 25-dahasi» tomon Kichik halqa yo‘li, Qatortol, Zargarlik, Qatortol-2, Al-Xorazmiy va Katta Xirmontepa ko‘chalari orqali harakatlanadi.

116-sonli avtobus «Chilonzor» buyum bozori tomon Qatortol, Zargarlik, Qatortol-2, Al-Xorazmiy, So‘galli ota va Bunyodkor ko‘chalari orqali qatnaydi.

Avtobuslar kechikishi mumkin

Toshkent shahar transport boshqarmasi yo‘llardagi tirbandliklar sabab avtobuslarning oraliq intervallari va belgilangan vaqti o‘zgarishi mumkinligini bildirdi. Yo‘lovchilardan safarlarini oldindan rejalashtirish so‘raldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 1-sentabrdan avtobusga chiqqan zahoti yo‘lkira haqini to‘lash kerak bo‘lishi haqida xabar berilgandi. Yangi qoidaga ko‘ra, yo‘lovchi avtobusga chiqishi bilan yo‘l haqini to‘lashi kerak. Buning uchun transport yoki ijtimoiy kartani validatorga tekkizish, bank kartasi, smartfon yoki boshqa kontaktsiz to‘lov vositalaridan foydalanish mumkin.