Yangiliklar

Endi «svetafor»dan emas «yo‘lchiroq»dan o‘tamiz

Ayrim xorijiy so'zlarning o'zbekcha varianti taklif qilindi
Foto: ChatGPT orqali yaratildi

O‘zbekistonda qonunchilik hujjatlarida qo‘llanadigan ayrim atamalarni yagona shaklga keltirish taklif etilmoqda. Tegishli qonun loyihasi uchinchi o‘qishda qabul qilinib, Senatga yuborildi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi xabar berdi. 

Qaysi so‘zlar o‘zgartiriladi?

Qonun loyihasida ayrim atamalarni quyidagi shaklda qo‘llash nazarda tutilgan:

  • «avans» – «bo‘nak»;
  • «markirovka» – «tamg‘alash»;
  • «marshrut» – «yo‘nalishli»;
  • «svetofor» – «yo‘lchiroq»;
  • «parol» – «o‘ron»;
  • «progressiv» – «ilg‘or».

Qonunchilikdagi atamalar birxillashtiriladi

Majlisda ta’kidlanganidek, qonun loyihasining qabul qilinishi qonunchilik hujjatlarida qo‘llanadigan tushuncha va yuridik atamalarni birxillashtirishga xizmat qiladi.

Loyiha uchinchi o‘qishda qabul qilinib, ko‘rib chiqish uchun Senatga yuborildi.

Avvalroq Oliy Majlis Senatining 18-yalpi majlisida qabul qilingan yangi qonun orqali Oila kodeksiga muhim o‘zgartirish kiritilgandi. Unga ko’ra,  ota-onalar o‘z xohishiga ko‘ra, farzandlariga bevosita otasining ismini familiya sifatida qayd etishlari mumkin.