
Germaniya diplomatik missiyasiga Mattias Follert rahbar etib tayinlandi. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Telegram kanalida ma’lum qildi.
Yangi elchi O‘zbekistondagi faoliyatini rasman boshlash oldidan ishonch yorlig‘i nusxasini mamlakat tashqi ishlar vaziriga topshirdi.

Tashqi ishlar vaziri Mattias Follert bilan uchrashib, ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini muhokama qildi.
Suhbat davomida O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi siyosiy aloqalar, yuqori darajadagi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Tomonlar so‘nggi yillarda ikki davlat o‘rtasidagi aloqalar muntazam muloqot va oliy darajadagi tashriflar hisobiga yanada faollashganini qayd etdi.
Baxtiyor Saidov yangi elchiga O‘zbekistondagi diplomatik missiyasi davomida muvaffaqiyat tiladi.
Avvalroq «Kursiv» nashri Pokistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlangani haqida yozgandi.