Yangiliklar

Xiva yo‘nalishidagi poyezdlar vaqtincha Urganchgacha qatnaydi — jadval

11-avgustdan 16-avgustga qadar
Toshkent–Bekobod yo‘nalishida elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi
Foto: Prezident matbuot xizmati

Texnik sabablarga ko‘ra, ayrim yo‘lovchi poyezdlarining harakat yo‘nalishiga vaqtinchalik o‘zgartirish kiritildi. «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ ma’lumotiga ko‘ra, belgilangan kunlarda Xiva yo‘nalishidagi ayrim poyezdlar Urganchgacha harakatlanadi.

Toshkent — Xiva yo‘nalishidagi poyezdlar Urganchgacha boradi

56-sonli «Toshkent Janubiy – Xiva» poyezdi 11, 12, 14 va 15-avgust kunlari «Toshkent Janubiy – Urganch» yo‘nalishida amaldagi jadval asosida harakatlanadi.

55-sonli «Xiva – Toshkent Janubiy» poyezdi esa 12, 13, 15 va 16-avgust kunlari «Urganch – Toshkent Janubiy» yo‘nalishida qatnaydi.

Andijon — Xiva yo‘nalishida ham o‘zgarish bor

125-sonli «Andijon-1 – Xiva» poyezdi 10, 11, 14 va 15-avgust kunlari «Andijon-1 — Urganch» yo‘nalishida harakatlanadi.

126-sonli «Xiva – Andijon-1» poyezdi esa 11, 12, 15 va 16-avgust kunlari «Urganch — Andijon-1» yo‘nalishida qatnaydi.

Urganch — Xiva chiptalari puli qaytariladi

Mazkur kunlarda «Urganch – Xiva – Urganch» oralig‘i uchun sotib olingan chiptalar qiymati yo‘lovchilarga to‘liq qaytariladi.

«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» yo‘lovchilardan safarlarini rejalashtirishda ushbu vaqtinchalik o‘zgarishlarni inobatga olishni so‘radi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Belarusdan O‘zbekistonga ilk «Slavyan karvoni» blok-poyezdi yo‘lga qo‘yilgandi. Yangi logistika yo‘nalishi ikki davlat o‘rtasida yuklarni yetkazib berish muddatini 5 – 7 kungacha qisqartirishi kutilmoqda.