Yangiliklar

Xomanaiy jismonan sog’lom – Pezeshkiyon

Ma'sud Pezeshkiyon Xomanaiy bilan uzoq gaplashganini aytdi
Foto: President.ir

Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon mamlakat oliy rahbari Mojtaba Xomanaiy 9-avgust kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuv vaqtida jismonan to‘liq sog‘lom bo‘lganini ma’lum qildi. Bu haqda Eron davlat televideniyesi IRIB xabar berdi

Xomanaiy bilan uchrashuv

Pezeshkiyonning so‘zlariga ko‘ra, u Xomanaiy bilan 9-avgust kuni uchrashgan va suhbat 7–8 soat davom etgan.

Uchrashuv davomida Eronning harbiy va iqtisodiy sohalaridagi vaziyat, mamlakat xavfsizligi hamda AQSh bilan bog‘liq masalalar muhokama qilingan.

Xomanaiy haqida mish-mishlar

Xomanaiyning Pezeshkiyon bilan uchrashuvi uning sog‘lig‘i haqidagi turli xabarlar fonida bo‘lib o‘tgan.

Avvalroq Mojtaba Xomanaiyning videosi tarqalgan edi. Keyinchalik ushbu tasvirlar eski ekani, video u Eronning oliy rahbari etib tayinlanishidan avval suratga olingani haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi.