
O‘zbekistonliklar 2026-yilgi Mustaqillik bayramida necha kun dam olishi ochiqlandi. Bu prezidentning «2026-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida»gi farmonida belgilangan.
Besh kunlik ish haftasida
Besh kunlik ish tartibida ishlaydigan xodimlar uchun quyidagi kunlar dam olish kuni hisoblanadi:
- 29-avgust, shanba – odatiy dam olish kuni;
- 30-avgust, yakshanba – odatiy dam olish kuni;
- 31-avgust, dushanba – barcha xodimlar uchun qo‘shimcha ishlanmaydigan kun;
- 1-sentabr, seshanba – Mustaqillik kuni, rasmiy bayram va ishlanmaydigan kun.
Shu tariqa, besh kunlik ish haftasida ishlaydiganlar 29-avgustdan 1-sentabrgacha to‘rt kun dam oladi.
Olti kunlik ish haftasida
Olti kunlik ish tartibida ishlaydigan xodimlar uchun esa 29-avgust, shanba – ish kuni hisoblanadi. Shu sababli ular uchun 30-avgustdan 1-sentabrgacha uch kun ketma-ket dam olish kuni bo‘ladi.
- 29-avgust, shanba – ish kuni;
- 30-avgust, yakshanba – odatiy dam olish kuni;
- 31-avgust, dushanba – qo‘shimcha dam olish kuni;
- 1-sentabr, seshanba – Mustaqillik kuni.
2-sentabr, chorshanbadan boshlab barcha uchun odatiy ish kuni boshlanadi.
Avvalroq Qurbon hayiti munosabati bilan o’zbekistonliklar ketma-ket besh kun dam olgandi.