Qirg‘izistonda 5,4 magnitudali zilzila bo‘ldi

eʼlon qilindi
Zilzila chuqur bo‘lmagani sababli uning ta’siri epitsentrga yaqin hududlarda kuchliroq sezilgan
Foto: Pdxmonthly.com

Bugun, 12-avgust kuni soat 13:14:52 da Qirg‘izistonda zilzila qayd etildi. Bu haqda Qirg‘iziston Milliy fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti xabar berdi.

Zilzila qaysi hududlarda sezildi

Dastlabki ma’lumotlarda uning magnitudasi 5,0 – 5,2 deb baholangan bo‘lsa, keyinchalik Qirg‘iziston Milliy fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti zilzila magnitudasini 5,4 deb aniqlashtirdi.

Zilzila o‘chog‘i Oqtuz qishlog‘idan 15 kilometr janubi-sharqda, Ko‘chqor qishlog‘idan 45 kilometr janubi-g‘arbda va Bishkekdan 117 kilometr janubi-sharqda joylashgan.

Yer silkinishi Oqtuz va Cholpon qishloqlarida 4 ball, Ko‘chqor va Kuyruchukda 3 ball, Bishkekda esa 2,5 ball kuch bilan sezilgan.

Zilzila o‘chog‘ining dastlabki chuqurligi xalqaro seysmologik markazlar tomonidan 6 – 10 kilometr atrofida baholangan. Zilzila chuqur bo‘lmagani sababli uning ta’siri epitsentrga yaqin hududlarda kuchliroq sezilgan.

Jabrlanganlar bormi

Hozircha jabrlanganlar yoki vayronagarchiliklar haqida ma’lumot berilmagan.

Ma’lumotlar dastlabki bo‘lib, zilzilaning magnitudasi, o‘chog‘i va boshqa parametrlari seysmologik kuzatuvlar davomida aniqlashtirilishi mumkin.

Avvalroq Kolumbiyada 7,4 magnitudali kuchli zilzila oqibatida kamida 181 kishi halok bo‘lgani, qariyb 2,6 ming kishi esa jarohatlangani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek