Yangiliklar

Yangi mahsulotlar: Surxondaryoda chiqindilarni qayta ishlash zavodi ishga tushdi

Chiqindilardan yangi mahsulotlar olinadi
Yangi mahsulotlar: Surxondaryoda chiqindilarni qayta ishlash zavodi ishga tushdi
Foto: Chiqindilarni boshqarish agentligi

Surxondaryo viloyatida «Qiziriq Invest» MChJ tomonidan chiqindilarni qayta ishlash zavodi ishga tushirildi. Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov korxona faoliyati va sirkulyar iqtisodiyot yo‘nalishida amalga oshirilgan investitsiya loyihalari bilan tanishdi.

Taqdimot davomida korxonada chiqindilarni yig‘ish, saralash va qayta ishlash jarayonlari, yaratilgan sharoitlar hamda ishlab chiqarish imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.

Chiqindilardan yangi mahsulotlar olinadi

Foto: Chiqindilarni boshqarish agentligi

Korxonada sirkulyar iqtisodiyot tamoyillarini joriy etish orqali chiqindilarni qayta ishlash va ulardan yangi mahsulotlar ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Shuningdek, mavjud resurslardan samarali foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish ko‘zda tutilgan. Zavodning ishga tushirilishi Surxondaryoda chiqindilarni qayta ishlash tizimini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda tibbiyot chiqindilarini noqonuniy tashlash holatlari aniqlangandi. Respublika maxsus komissiyasi Toshkentdagi tibbiyot chiqindilarini yig‘ish, olib chiqish va utilizatsiya qilish jarayonlarini o‘rgandi.