McDonald’sdagi to‘y: video ijtimoiy tarmoqlarda 60 mlnga yaqin ko‘rildi

13-avgust 2026 17:49 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
McDonald’sdagi to‘y: video ijtimoiy tarmoqlarda 60 mlnga yaqin ko‘rildi
Foto: Instagram

AQShlik juftlik ilk bor tanishib, birga ishlagan McDonald’s restoranida to‘y o‘tkazdi. Marosim videosi TikTok’da 58 mln martadan ortiq ko‘rildi va internet foydalanuvchilari orasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi.

To‘y restoranning o‘zida, do‘stlar, qarindoshlar va hamkasblar ishtirokida o‘tkazilgan. Marosimdagi ayrim detallar ham McDonald’s uslubiga moslashtirilgan. Masalan, gul sochgan qizaloq gulbarglarni Happy Meal qutisidan sepgan.

Video internetda katta qiziqish uyg‘otdi

To‘y videosi TikTok’da 58 mln martadan ortiq ko‘rildi. Foydalanuvchilarning bir qismi bu g‘oyani kulgili va noodatiy deb baholagan bo‘lsa, boshqalar bunday marosimni tanqid qilgan.

Izohlarda ayrim foydalanuvchilar McDonald’s mavzuiga mos hazillar qilgan, boshqalar esa to‘yni juda oddiy yoki noodatiy tanlov deb atagan.

Juftlik nima uchun aynan McDonald’sni tanlagan

Kelinning qarindoshlaridan biri keyinchalik to‘y joyining tanlanish sababini tushuntirdi. Uning aytishicha, juftlik avval umumiy do‘stlari orqali tanishgan, keyinchalik esa aynan shu McDonald’s restoranida birga ishlagan. Vaqt o‘tishi bilan restorandagi hamkasblar ular uchun yaqin insonlarga aylangan.

Restoran menejeri bir safar hazil tariqasida to‘yni shu yerda o‘tkazishni taklif qilgan va keyinchalik bu g‘oya amalga oshirilgan. McDonald’sning rasmiy akkaunti ham voqeaga munosabat bildirib, uni zamonaviy sevgi hikoyasi deb atagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Krishtianu Ronaldu va Jorjina Rodriges qariyb o‘n yillik munosabatlardan so‘ng rasman turmush qurgani haqida xabar berilgandi. Juftlik 11-avgust kuni Portugaliyaning Kashkays shahrida yaqinlari davrasida fuqarolik nikohidan o‘tgan. Marosimda ularning besh nafar farzandi ham qatnashgan.

Shuningdek