«Tashabbusli budjet»ning ilk sheriklik loyihasi g‘olibi aniqlandi

eʼlon qilindi
Samarqand shahridagi Registon mahallasida joylashgan futbol stadionini ta’mirlash loyihasi
Foto: Twam

«Tashabbusli budjet» 2026-yilgi ikkinchi mavsumida sheriklik asosida moliyalashtirilgan ilk loyiha g‘olibi aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, Samarqand shahridagi Registon mahallasida joylashgan futbol stadionini ta’mirlash loyihasining 50 foizi fuqarolar tomonidan moliyalashtirildi.

Ushbu loyiha qiymatining 50 foizi fuqarolar tomonidan moliyalashtirilgani sababli u belgilangan tartibga muvofiq g‘olib deb topilgan.

Sheriklik loyihalari qanday g‘olib bo‘ladi

«Tashabbusli budjet»ning joriy yilgi ikkinchi mavsumida fuqarolar tomonidan sheriklik asosida kiritilgan loyihalar avtomatik ravishda g‘olib bo‘lishi uchun zarur mablag‘lar maxsus tranzit hisob raqamlariga o‘tkazilishi kerak.

Talab bajarilgach, loyiha qo‘shimcha ovoz berishsiz g‘olib deb e’tirof etiladi.

Mablag‘larni 21-avgustgacha o‘tkazish mumkin

Sheriklik loyihalarini qo‘llab-quvvatlayotgan fuqarolar mablag‘larni 21-avgust kuni soat 18:00 ga qadar tranzit hisob raqamlariga o‘tkazishi lozim.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev mahallalarda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va hududlardagi muammolarni tezkor hal etish masalalarini muhokama qilgandi. Unda davlat rahbari ayrim mahallalarni tanqid ostiga oldi.

Shuningdek