Bolaga otasining ismi familiya sifatida berilishiga rasman ruxsat berildi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Bu 13-avgust kuni qabul qilingan qonunda nazarda tutilgan
Bolaga otasining ismi familiya sifatida berilishiga ruxsat berildi
Foto: depositphotos.com

O‘zbekistonda bolaga otasining ismi, shuningdek, ota yoki ona tomondan bobosining ismi milliy an’analarga muvofiq familiya sifatida berilishi mumkin bo‘ladi. Bu 13-avgust kuni qabul qilingan qonunda nazarda tutilgan.

Bolaga otasining ismi familiya qilib berilishi mumkin

Qonun bilan Oila kodeksiga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi. Unga ko‘ra, bolaga otasining ismi yoki ota yoxud ona tomondan bobosining ismi milliy an’analarga muvofiq familiya sifatida berilishi mumkin.

Avval amaldagi Oila kodeksida otaning ismini bolaning familiyasi sifatida berish imkoniyati nazarda tutilmagan edi.

Elektron arxivlarga yangi talablar belgilandi

Hujjat bilan «Arxiv ishi to‘g‘risida»gi qonunga ham qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Xususan, elektron va nodavlat arxivlarni tashkil etish tartibi belgilandi.

Elektron arxivlarda tegishli apparat-dasturiy ta’minot, hujjatlarni raqamlashtirish vositalari va dasturlari bo‘lishi, elektron hujjatlarni qidirish, boshqarish hamda ularga ishlov berish imkoniyati yaratilishi kerak.

Shuningdek, elektron shakldagi hujjatning asl arxiv hujjatiga muvofiqligi ta’minlanishi, axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik talablariga rioya etilishi lozim.

Nodavlat arxivlar tashkil etilishi mumkin

Bundan tashqari, Milliy arxiv fondining davlatga tegishli bo‘lmagan qismidagi hamda boshqa nodavlat arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanish uchun nodavlat arxivlar tashkil etilishi mumkin.

Adliya vazirligining vakolatlari aniqlashtirildi

Qonun bilan Adliya vazirligining arxiv ishi sohasidagi vakolatlari ham aniq belgilandi. Hujjat rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Oliy Majlis Senatining 18-yalpi majlisida qabul qilingan yangi qonun orqali Oila kodeksiga muhim o‘zgartirish kiritilayotgani haqida yozgandi.

Shuningdek