Chevrolet Traverse 2027 yangi rangda namoyish etildi

14-avgust 2026 11:48 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Chevrolet уходит с рынка Китая после 21 года продаж
Foto: GM Authority

Chevrolet 2027-yilgi Traverse modeli uchun yangi Twilight Blue kuzov rangini taqdim etdi. GM Authority’ga ko‘ra, ushbu rang faqat High Country va RS versiyalarida taklif qilinadi.

Yangi rangning zavod kodi G46 bo‘lib, u High Country va sport uslubidagi RS komplektatsiyalarida qo‘shimcha to‘lovsiz taqdim etiladi. LT va yo‘ltanlamas Z71 versiyalarida esa Twilight Blue mavjud bo‘lmaydi.

Traverse uchun sakkiz xil rang taklif qilinadi

Foto: GM Authority

2027-yilgi Chevrolet Traverse uchun jami sakkiz xil kuzov rangi mavjud bo‘ladi. Yangi Twilight Blue bilan birga Trillium Green Metallic rangi ham model qatoriga qo‘shildi.

Ular avvalgi Lakeshore Blue Metallic va Stardust Metallic ranglarini almashtiradi.

Traverse uchun Mosaic Black Metallic, Polar White Tricoat, Radiant Red Tintcoat, Sandstone Gray, Sterling Gray Metallic, Summit White, Trillium Green Metallic va Twilight Blue ranglari taklif etiladi.

Salon dizayni komplektatsiyaga qarab farqlanadi

Foto: GM Authority

Twilight Blue rangidagi High Country versiyasi qora va Natural Tan rangli salon bilan jihozlanadi.

RS komplektatsiyasida esa qora salon qizil rangli bezaklar bilan uyg‘unlashtiriladi. Har ikkala versiyada Evotex Ultra qoplamasi qo‘llaniladi.

Dvigatel 328 ot kuchiga ega

Foto: GM Authority

Barcha 2027-yilgi Chevrolet Traverse avtomobillari 2,5 litrli to‘rt silindrli turbomotor bilan jihozlanadi.

Dvigatel 328 ot kuchi va 442 Nm atrofidagi aylantiruvchi moment ishlab chiqaradi.

Model GM C1 platformasida quriladi va AQShning Michigan shtatidagi Lansing Delta Township zavodida ishlab chiqariladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chevrolet Equinox elektromobili uchun chegirma e’lon qilingandi. Takliflar 2026-yil 31-avgustgacha amal qiladi.

Kompaniya ayrim komplektatsiyalarni xarid qiluvchilarga $1 ming miqdorida chegirma taklif qilmoqda. Bundan tashqari, avtomobilni GM Financial orqali yillik 2,9% stavkada 36 oyga moliyalashtirish imkoniyati mavjud.

Shuningdek