Kuyovto‘ra Krishtianu Ronaldu O‘zbekistonga keladimi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
«Paxtakor» va «Neftchi» «Al-Nasr» klubiga qarshi o‘yin olib boradi
Foto: O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi

O‘zbekistonning ikki klubi – «Paxtakor» va «Neftchi» Osiyo Elit chempionlar ligasining asosiy bosqichida birgalikda ishtirok etadi. Har ikki jamoa Saudiya Arabistonining Krishtianu Ronaldu sardorlik qiladigan «Al-Nasr» klubiga qarshi o‘yin olib boradi. Bu haqda futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev o‘z Telegram-kanalida yozib qoldirdi. 

Bu sabab portugaliyalik yulduzning O‘zbekistonga kelishi ehtimolini hamda turnir taqvimiga ko‘ra «Al-Nasr» safar uchrashuvlarini O‘zbekistonda o‘tkazsa, Ronaldu Toshkent yoki Farg‘onada maydonga tushishi mumkinligini anglatadi.

Ronaldu qayerda o‘ynaydi?

«Paxtakor» va «Neftchi» klubining har ikkisi ham «Al-Nasr»ga qarshi to‘p suradi. Uchrashuvlar qaysi stadionda o‘tkazilishi esa qur’a natijalaridan keyin aniq bo‘ladi.

Agar «Paxtakor»ga qarshi bahs Toshkentda, «Neftchi»ga qarshi uchrashuv esa Farg‘onada o‘tkazilsa, Krishtianu Ronaldu ikki marta O‘zbekistonda o‘ynashi mumkin. Hozircha «Paxtakor» yoki «Neftchi»ning o‘yini O‘zbekistonda o‘tkazilishi aniq, lekin bu qaysi jamoa bo‘lishi noma’lum. 18-avgust kuni o‘tkaziladigan qur’a marosimida «Al-Nasr»ning Toshkent yoki Farg‘onada to‘p tepishi ma’lum bo‘ladi. Shuningdek, O‘zbekistonning ikki jamoasi ham Saudiyaning barcha jamoalariga qarshi to‘p suradi. 

Ronalduning O‘zbekistonga 2009-yilgi tashrif qanday o‘tgan

Krishtianu Ronaldu O‘zbekistonga ilk bor 2009-yil dekabrida, «Real Madrid» futbolchisi bo‘lgan paytda kelgan. O‘sha vaqtda u endigina jahon futbolining eng katta yulduzlaridan biriga aylanayotgan, 2008-yilgi «Oltin to‘p» sohibi edi. Ronaldu Toshkentga «O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi» jamg‘armasining yosh futbolchilarni qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasida taklif qilingan.

Foto: Bunyodkor

Ronaldu tashrifidan oldin Toshkentda uning kelishiga katta tayyorgarlik ko‘rilgan. Shahardagi bannerlarda portugaliyalik yulduzning tashrifi haqida e’lonlar paydo bo‘lgan. Uning yosh futbolchilarga mahorat darsi o‘tkazishini ko‘rishni istagan muxlislar esa «JAR» stadioniga chiptalarni tezda sotib olgan. Natijada stadion minglab muxlislar bilan to‘lgan.

Ronaldu Toshkentda nima qilgan

Portugaliyalik futbolchi Toshkentga shunchaki sayohat uchun kelmagan. Tashrifining asosiy maqsadi – o‘zbekistonlik yosh futbolchilar bilan uchrashish va ularga futbol bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazish edi.

Ronaldu «JAR» stadionida yosh futbolchilar bilan mashg‘ulot o‘tkazib, ularga o‘z tajribasidan saboq bergan. O‘sha paytda u «Real Madrid»ning asosiy yulduzlaridan biri bo‘lgani uchun mashg‘ulotga katta qiziqish bo‘lgan. Yosh futbolchilar uchun dunyoning eng mashhur futbolchilaridan biri bilan bir maydonda shug‘ullanish katta voqea bo‘lgan.

Tashrif davomida Ronaldu O‘zbekiston futboli vakillari bilan ham uchrashgan.

Ronaldu o‘sha paytda O‘zbekistonga kelganidan xursand ekanini bildirgan. Uning tashrifidan ko‘zlangan maqsad ham aynan futbolni yoshlar orasida yanada ommalashtirish va ularni sportga qiziqtirish edi.

Avvalroq «Al-Nasr» bosh murabbiyi Anjelos Postekoglu jamoa sardori Krishtianu Ronalduni turmush qurgani bilan tabriklagani haqida xabar berilgandi. U 11 avgust kuni rasmiy ravishda nikohdan otgan.

Shuningdek