O‘zbekiston va Filippin o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin

eʼlon qilindi ( yangilandi)
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mirvohid Azimov Filippinning O‘zbekistondagi elchisi Roberto Manalo bilan uchrashdi
Subsidiya
Foto: Freepik

O‘zbekiston va Filippin o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish imkoniyati muhokama qilindi. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mirvohid Azimov Filippinning O‘zbekistondagi elchisi Roberto Manalo bilan uchrashdi, deya xabar berdi «Dunyo».

Muloqot davomida ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

To‘g‘ridan to‘g‘ri parvozlar muhokama qilindi

Tomonlar O‘zbekiston va Filippin o‘rtasida transport aloqalarini yaxshilash, xususan, to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish istiqbollarini muhokama qildi.

Foto: «Dunyo». AA

Shuningdek, turizm sohasi vakillari uchun o‘zaro tanishuv safarlarini tashkil etish va ikki mamlakat o‘rtasidagi sayyohlar oqimini oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Savdo va investitsiya aloqalari kengaytirilishi mumkin

Uchrashuvda qishloq xo‘jaligi, kimyo va oziq-ovqat sanoati hamda turizm sohalarida hamkorlik uchun katta imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston va Filippin savdo-sanoat palatalari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama qilindi.

Filippin tomoni O‘zbekiston bilan o‘zaro manfaatli munosabatlarni yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanini bildirdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish va aniq qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha ishlarni davom ettirishga kelishib oldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Buyuk Britaniya «Toshkent – Manchester» yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani xabar qilingandi.

Shuningdek