Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish testlari qachon bo‘ladi

eʼlon qilindi
Testlar 19 va 20-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi
Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish testlari sanasi belgilandi
Foto: Oliygoh

Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat OTMlarining mos va turdosh yo‘nalishlariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 19 – 20-avgust kunlari o‘tkaziladi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xorijiy hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari sanalarini e’lon qildi.

Testlar ikki smenada o‘tkaziladi

Birinchi smena soat 08:00 dan 11:00 gacha, ikkinchi smena esa 15:00 dan 18:00 gacha davom etadi.

Talabgorlar test o‘tkaziladigan hududga imtihon boshlanishidan kamida bir yarim soat oldin kelishi kerak.

Birinchi smenada qatnashuvchilar soat 07:30 gacha, ikkinchi smenadagilar esa 14:30 gacha tekshiruvlardan o‘tib, o‘z joyiga joylashgan bo‘lishi lozim.

Talabgorlarga 90 ta savol beriladi

Test sinovlari ikki mutaxassislik va uchta majburiy fan bo‘yicha o‘tkaziladi.

Talabgorlarga mutaxassislik fanlaridan 30 tadan, majburiy fanlardan esa 10 tadan – jami 90 ta test topshirig‘i beriladi.

Savollarni ishlash va javoblar varaqasini to‘ldirish uchun uch soat vaqt ajratiladi.

Ruxsatnomani saytdan olish mumkin

Testga kirish uchun talabgor o‘zi bilan pasport yoki ID-karta hamda abituriyent ruxsatnomasini olib kelishi kerak.

Ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz sayti orqali yuklab olish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq kirish test sinovlari bo‘yicha apellatsiya jarayoni boshlangani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek