2,46 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanish aniqlandi

eʼlon qilindi
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda
2,46 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanish aniqlandi
Foto: Pixabay

O‘zbekistonning bir nechta hududida jami 2,46 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lumotiga ko‘ra, aniqlangan yettita holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Sirdaryoda 1,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan

Departamentning Sirdaryo tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fermer xo‘jaligi mas’ullari «Sindorobod» va «Xalqobod» suv iste’molchilari uyushmalari hududidagi yer maydonlarida suv nasoslarini elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ulab olgani aniqlangan.

Tekshiruv ma’lumotlariga ko‘ra, elektr energiyasidan tijorat maqsadida noqonuniy foydalanish oqibatida 1,1 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan.

Davlatoboddagi savdo kompleksida 558,6 mln so‘mlik holat aniqlandi

Namangan viloyatining Davlatobod tumanida o‘tkazilgan tekshiruv davomida MChJ rahbari savdo kompleksida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ulangani aniqlangan.

Departament hisob-kitobiga ko‘ra, bu orqali 558,6 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan.

Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarda noqonuniy ulanish qayd etildi

Departamentning Olmazor tumani bo‘limi Beruniy nomli ko‘chadagi ko‘p qavatli uylarda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatini aniqlagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, MChJ mas’ullari va boshqa shaxslar umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan ulangan. Yetkazilgan zarar 272,6 mln so‘m deb baholangan.

Fermer xo‘jaligida 217,8 mln so‘mlik zarar aniqlandi

Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida fermer xo‘jaligi mas’ullari suv nasosini elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri va ruxsatsiz ulab foydalangani aniqlangan.

Natijada 217,8 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani qayd etilgan.

Baliqchilik xo‘jaligida elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanilgan

Uchqo‘rg‘on tumanida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro baliqchilik xo‘jaligida elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulangani aniqlangan.

Mazkur holatda noqonuniy foydalanilgan elektr energiyasi qiymati 112 mln so‘mni tashkil etgan.

G‘isht zavodida 103,6 mln so‘mlik noqonuniy foydalanish aniqlangan

Xo‘jayli tumanida MChJ mas’ullari g‘isht ishlab chiqarish zavodidagi elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida ruxsatsiz va to‘g‘ridan to‘g‘ri ulangani aniqlangan.

Departament ma’lumotiga ko‘ra, korxona shu yo‘l bilan 103,6 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.

Namangan shahrida ham noqonuniy ulanish qayd etildi

Namangan shahrining Shodlik mahallasi hududida yashovchi fuqaro o‘z xonadonida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ulangani aniqlangan.

Ushbu holatda noqonuniy ishlatilgan elektr energiyasi qiymati 100,1 mln so‘m deb hisoblangan.

Aniqlangan barcha holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi – o‘g‘rilik bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq «Kursiv» «Hududgaz Qoraqalpog‘iston»da 251,5 mlrd so‘mlik zarar aniqlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek