Avtobuslarda chiptasiz yurganlar uchun jarima 10 baravargacha oshirilishi mumkin

eʼlon qilindi
Takroran qoidabuzarlik sodir etganlarga 440 ming so‘mgacha jarima solinishi mumkin
Andijon shahridagi avtobuslarda naqd pul to‘lovlari bekor qilinadi
Foto: Transport vazirligi

O‘zbekistonda avtobuslarda yo‘l haqini to‘lamasdan yurgan yo‘lovchilar uchun jarimani sezilarli oshirish taklif qilinmoqda. Takroran qoidabuzarlik sodir etganlarga 440 ming so‘mgacha jarima solinishi mumkin. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Jarima miqdorini oshirish taklif qilindi

Unga ko‘ra, yo‘lovchilarning shahar va shahar atrofi avtobuslarida, shuningdek, trolleybus va tramvaylarda chiptasiz yurishi uchun ma’muriy javobgarlikni kuchaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.

Bu vazifa Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-iyundagi qarori bilan tegishli idoralarga yuklatilgan. Hozirda takliflar Qonunchilik palatasiga kiritilgan.

Birinchi marta 220 ming so‘mgacha

Taklif etilayotgan tartibga ko‘ra, yo‘l haqini birinchi marta to‘lamagan yo‘lovchiga bazaviy hisoblash miqdorining yarmi miqdorida jarima belgilanishi mumkin.

1-sentabrdan bazaviy hisoblash miqdori 440 ming so‘m etib belgilanishi munosabati bilan bunday jarima 220 ming so‘mni tashkil qiladi.

Takroriy qoidabuzarlik uchun 440 ming so‘m

Agar yo‘lovchi chiptasiz yurish qoidabuzarligini takroran sodir etsa, jarima bazaviy hisoblash miqdorining bir baravarigacha, ya’ni 440 ming so‘mgacha oshirilishi taklif qilinmoqda.

Bu amaldagi jarima miqdoriga nisbatan 10 baravargacha ko‘proq bo‘lishi mumkin.

Yangi tartib hozircha taklif sifatida Qonunchilik palatasiga kiritilgan. Uning kuchga kirishi uchun qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi va tegishli hujjatlar qabul qilinishi kerak.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 1-sentabrdan avtobusga chiqqan zahoti yo‘lkira haqini to‘lash kerak bo‘lishi haqida yozgandi.

Shuningdek