DXX kubogining respublika bosqichiga qur’a tashlandi

Yoshlar o‘rtasidagi DXX kubogi musobaqasining respublika bosqichida ishtirok etadigan jamoalar o‘z raqiblarini bilib oldi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Musobaqa oltinchi bor o‘tkazilmoqda
DXX kubogi joriy yilda oltinchi marotaba mamlakatning barcha tuman, shahar va viloyatlarida yoshlar o‘rtasida tashkil etilayotir.
Musobaqalarda o‘g‘il bolalar futbol va mini-futbol, qizlar esa mini-futbol yo‘nalishida bahslashmoqda. Bellashuvlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida uch bosqichda o‘tkazilyapti.
Respublika bosqichi 17-avgustda boshlandi
Toshkent shahrida respublika bosqichida qatnashadigan jamoalar uchun qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi. Unda jamoalar vakillari, musobaqa tashkilotchilari va futbol mutasaddilari ishtirok etdi.
Qur’a natijalariga ko‘ra, respublika bosqichi uchrashuvlari 17 – 22-avgust kunlari «Bunyodkor» akademiyasi maydonlarida bo‘lib o‘tadi.
Musobaqaning hal qiluvchi final uchrashuvi 22-avgust kuni JAR stadionida o‘tkazilishi belgilangan.
Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekiston 2027-yilgi U-17 Osiyo kubogiga mezbonlik qilishi haqida yozgandi.