Ronaldu va Jorjina to‘yini sport zaldan boshlaganmi

17-avgust 2026 10:03 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Ronaldu va Jorjina to‘yini sport zaldan boshlaganmi
Foto: Vogue

Krishtianu Ronaldu va Jorjina Rodriges Portugaliyada o‘tgan to‘y marosimidan oldin tongni odatdagidek mashg‘ulot bilan boshladi. Juftlik to‘y kuni ertalab o‘z uyidagi sport zalida birga shug‘ullangan.

Krishtianu Ronaldu va Jorjina Rodriges nikoh marosimi kuni ham kundalik sport tartibini o‘zgartirmagan.

Foto: Vogue

Vogue e’lon qilgan to‘y lavhalarida juftlik marosimdan oldin sport zalida mashq qilayotgani aks etgan. Ronaldu va Jorjina Portugaliyaning Kaskaysh shahridagi uyida ertalabki mashg‘ulotni birga o‘tkazgan.

Jorjina og‘irlik bilan mashq qilgan

Foto: Vogue

Suratlarda Jorjina kettlebell bilan mashq qilayotgani ko‘rinadi. U sport mashg‘ulotini to‘yga tayyorgarlik jarayonining bir qismi sifatida odatdagi tartibda davom ettirgan.

Ronaldu ham to‘y kuni ertalab sport zalida bo‘lgan. Futbolchi faoliyati davomida jismoniy tayyorgarlikka qat’iy rioya qilishi bilan tanilgan va nikoh kuni ham bu odatidan chekinmagan.

Marosim o‘sha kuni uyda o‘tkazildi

Foto: Vogue

Mashg‘ulotdan keyin juftlik o‘z uyidagi mehmonxonada nikoh marosimini o‘tkazdi.

Ronaldu va Jorjina katta tantana o‘rniga farzandlari ishtirokidagi kichik va oilaviy to‘yni tanlagan. Sana ham ular uchun ramziy bo‘lgan – 11-avgust juftlikning Madriddagi Gucci do‘konida ilk bor uchrashganiga 10 yil to‘lgan kun edi.

Jorjina to‘ydan keyin marosim aynan o‘zi tasavvur qilganidek samimiy va oilaviy ruhda o‘tganini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jorjina Rodriges to‘yida qanday taqinchoqlar taqqani haqida ma’lumot berilgandi.

Shuningdek