Shavkat Mirziyoyev bugun Xorazmga boradi

eʼlon qilindi
Tashrif davomida davlat rahbari hududdagi loyihalar bilan tanishadi
Foto: Prezident matbuot xizmati

Bugun, 17-avgust kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga tashrif buyuradi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.  

Tashrif davomida davlat rahbari hududda sanoat, ta’lim, transport va turizm yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishadi. Shuningdek, viloyatda yaratilgan infratuzilma obyektlari ko‘zdan kechiriladi.

Tashrif doirasida bir qator yangi loyihalarni ishga tushirish hamda yangi qurilishlarga start berish rejalashtirilgan.

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

18-avgust kuni prezidentning Xorazm viloyatidagi tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqoti o‘tkaziladi.

Unda hududdagi biznes vakillarining taklif va muammolari muhokama qilinishi kutilmoqda.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyevning 13-avgustdagi farmoni bilan Tadbirkorlar kuni munosabati bilan soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan bir guruh tadbirkor va ishbilarmonlar davlat mukofotlari bilan taqdirlangani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek