1-bosqich talabalar uchun yotoqxonaga ariza berish boshlandi

2026/2027-o‘quv yilida 1-bosqichga tavsiya etilgan abituriyentlar talabalar turarjoyiga joylashish uchun ariza topshirishi mumkin. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
2026/2027-o‘quv yilida 1-bosqichga tavsiya etilgan abituriyentlar talabalar turarjoyiga joylashish uchun ariza topshirishi mumkin. Xizmat 18-avgustdan ishga tushirildi.
Arizalarni Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz portali orqali yuborish mumkin.
Qo‘shimcha qilinishicha, talabalar turarjoyiga joylashtirish mavjud o‘rinlar va belgilangan tartib asosida amalga oshiriladi. Dastlab imtiyoz va ustuvorlikka ega talabgorlar qabul qilinadi. Qolgan joylar esa umumiy ro‘yxatdagi talabalar o‘rtasida navbat asosida taqsimlanadi.
Ma’lumotga ko‘ra, yotoqxonalardagi mavjud o‘rinlarning 55 – 65 foizigacha qismi 1-kurs talabalari uchun ajratiladi.
Avvalroq O‘zbekistonda talabalar turarjoylarini barpo etish va ulardan foydalanish tizimini takomillashtirishga qaratilgan yangi tartib joriy qilingani haqida xabar berilgandi.