Omskdagi yong‘inda jarohatlangan o‘zbekistonliklar mahalliy shifoxonada davolanadi

Rossiyaning Omsk shahridagi yong‘inda jarohat olgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosining ahvoli barqaror. Shifokorlarning ma’lum qilishicha, ularning hayotiga xavf yo‘q va davolanish mahalliy shifoxonada davom ettiriladi, deya xabar berdi «Dunyo».
15-avgust kuni Omskdagi «Kvartali Dravert» mavzesida sodir bo‘lgan yong‘inda jarohatlangan O‘zbekiston fuqarolari I.Z. va O.E. shifoxonada davolanishni davom ettirmoqda.
Konsullik zarur yordam ko‘rsatdi
O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi Omskdagi shifoxona rahbariyati bilan hamkorlikda fuqarolarga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatdi.
Shuningdek, hamyurtlarning barcha zarur migratsiya hujjatlarini rasmiylashtirishda amaliy ko‘mak berildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Omskdagi yong‘inda ikki o‘zbekistonlik jabrlangani aytilgandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlangan o‘zbekistonliklar qurilish maydonida pudrat shartnomasi asosida ishlagan. Ularning ayni paytdagi sog‘lig‘i haqida alohida ma’lumot berilmagan.