Prezident ilk pullik yo‘lda yurib ko‘rdi — video

eʼlon qilindi
Yo‘l 35 kilometr uzunlikda qurildi
Prezident ilk pulli yo‘lda yurib ko‘rdi — video
Foto: prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xivadagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqotdan so‘ng yangi «Urganch – Xiva» pullik avtomobil yo‘li bilan tanishdi.

Joriy yil 5-avgustda qabul qilingan yangi tahrirdagi «Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida»gi Qonunda pullik avtomobil yo‘llarini tashkil etishning huquqiy asoslari belgilangan. Bunda haydovchilar uchun muqobil bepul yo‘l bo‘lishi asosiy shartlardan biri hisoblanadi.

Yangi magistral Urganch aeroporti va Xiva shahri o‘rtasida qurilgan. Mavjud yo‘lda Urganchdan Xivaga yetib borish uchun 45 – 50 daqiqa vaqt talab etilsa, yangi to‘rt tasmali yo‘lda bu vaqt 15 – 17 daqiqagacha qisqaradi. Magistral sutkasiga 30 mingdan ortiq transport vositasini o‘tkazish quvvatiga ega.

Yo‘l 35 kilometr uzunlikda qurildi

Loyiha doirasida 35 kilometr avtomobil yo‘li barpo etilgan. Shuningdek, unda bitta yer osti tunneli, sakkizta yo‘l o‘tkazgich, 15 ta ko‘prik va 106 ta suv o‘tkazish inshooti qurilgan.

Yo‘l qoplamasida issiq iqlimga chidamli maxsus modifikatsiyalangan bitum aralashmasidan foydalanilgan. Qoplamaning umumiy qalinligi 87 santimetrni tashkil etadi.

To‘lov transportni to‘xtatmasdan olinadi

Foto: prezident matbuot xizmati

Yo‘ldagi transport oqimi va to‘lovlarni boshqarish sun’iy intellektga asoslangan raqamli tizimlar orqali amalga oshiriladi. Yengil va yuk avtomobillari hamda avtobuslardan to‘lov transport vositasini to‘xtatmagan holda elektron shaklda undiriladi.

Yo‘l bo‘yida xalqaro standartlarga mos servis va xizmat ko‘rsatish obyektlarini tashkil etish ham rejalashtirilgan. Yangi magistral Urganch va Xiva o‘rtasidagi qatnovlarni tezlashtirish, sayyohlar uchun transport imkoniyatlarini kengaytirish va hudud infratuzilmasini rivojlantirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Foto: prezident matbuot xizmati

Shu bilan prezidentning Xorazm viloyatiga tashrifi yakunlandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq mehmonxona va turizm biznesini qo‘llab-quvvatlash uchun yangi imtiyozlar berilishi xabar qilingandi. Mehmonxonalar uchun subsidiyalar va soliq yengilliklari uzaytiriladi, turistik transport olib kirishda bojxona hamda utilizatsiya yig‘imi bo‘yicha imtiyozlar saqlab qolinadi.

Shuningdek