Xiaomi videqo‘ng‘iroq qilish mumkin bo‘lgan aqlli kamerani taqdim etdi

19-avgust 2026 18:51 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Xiaomi videqo‘ng‘iroq qilish mumkin bo‘lgan aqlli kamerani taqdim etdi
Foto: Xiaomi

Xiaomi uy xavfsizligini kuzatish bilan birga videomuloqot qilish imkonini beruvchi Smart Camera Video Call Version 2 aqlli kamerasini taqdim etdi. Bu haqda kompaniya rasmiy sahifasida ma’lum qildi.

3,97 dyuymli ekran

Qurilma 480×800 piksel aniqlikka ega 3,97 dyuymli rangli displey bilan jihozlangan. Ekranda videomuloqot paytida suhbatdoshning yuzi ko‘rsatiladi.

Kamera ikki tomonlama videomuloqotni qo‘llab-quvvatlaydi. U orqali boshqa kamera yoki smartfon bilan qo‘ng‘iroq qilish mumkin.

4K formatda tasvirga oladi

Smart Camera Video Call Version 2 8 MP sensor bilan jihozlangan bo‘lib, 4K formatda video yozishni qo‘llab-quvvatlaydi. Qurilmada shovqinni aqlli tarzda kamaytiruvchi ikkita mikrofon va kattalashtirilgan dinamiklar ham mavjud.

Foto: Xiaomi

Kamerani gorizontal yo‘nalishda 360 darajaga, vertikal yo‘nalishda esa 30 darajagacha burish mumkin.

Sun’iy intellekt yordamida kuzatuv

Yangi kamera avvalgi avlodga qaraganda 50 foiz kuchliroq chipda ishlaydi. Bu quvvat qurilmada sun’iy intellekt modellarini mahalliy ravishda ishga tushirish va uy yoki ko‘chadagi shubhali harakatlarni aniqlash uchun ishlatiladi.

Foto: Xiaomi

Kamera Xiaomi’ning HyperConnect tizimi bilan ishlaydi va boshqa aqlli uy qurilmalariga ulanishi mumkin. Videomuloqot vaqtida kameradan kelayotgan tasvirni ham ko‘rish imkoniyati mavjud.

Narxi $60 atrofida

Qurilma uchun mablag‘ yig‘ish 26-avgust kuni Xiaomi’ning YouPin platformasida boshlanadi.

Smart Camera Video Call Version 2 narxi taxminan $60 qilib belgilangan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Xiaomi Redmi M100 smartfonini taqdim etgani haqida yozgandi.

Shuningdek