Maktablarda yangi o‘quv yili 2-sentabrdan boshlanadi

eʼlon qilindi
Mamlakat bo‘yicha 795 mingdan ortiq bolalar birinchi sinfga qabul qilinadi
Maktab, o'quvchilar
Foto: asiaplustj.info

O‘zbekistondagi barcha umumta’lim maktablarida 2026/2027-o‘quv yili darslari 2-sentabr, chorshanba kuni boshlanadi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.

795 mingdan ortiq bolalar maktabga qadam qo‘yadi

Yangi o‘quv yilida mamlakat bo‘yicha 795 mingdan ortiq bolalar birinchi sinfga qabul qilinadi.

Birinchi sinf o‘quvchilariga «Prezident sovg‘asi»

Birinchi sinfga qabul qilinadigan o‘quvchilarga 12 nomdagi o‘quv qurollaridan iborat «Prezident sovg‘asi» tantanali ravishda topshiriladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan OTMlarda yangi o‘quv yili darslari qachon boshlanishi haqida yozgandi.

Shuningdek