OTMlarda yangi o‘quv yili darslari qachon boshlanadi

eʼlon qilindi
Birinchi bosqich talabalari 7-sentabrdan o‘qishni boshlaydi
Davlat oliygohlarida 11 ta yangi ta’lim yo‘nalishi ochildi
Foto: STV

O‘zbekistonda 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim tashkilotlari, akademik litsey va texnikumlarda darslar boshlanish sanalari belgilandi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, akademik litsey va texnikumlarda yangi o‘quv yili 2-sentabrdan boshlanadi.

Birinchi bosqich talabalari 7-sentabrdan o‘qishni boshlaydi

Oliy ta’lim tashkilotlarida 1-bosqich talabalari uchun o‘quv jarayonlari 7-sentabrdan boshlanadi. 2-bosqich va undan yuqori bosqich talabalari uchun esa o‘quv jarayonlari 14-sentabrdan tashkil etiladi.

Shunday qilib, yangi o‘quv yili akademik litsey va texnikumlarda eng avval, oliy ta’lim muassasalarida esa talabalarning bosqichiga qarab keyinroq boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq abituriyentlarga o‘z o‘rni va to‘liq ro‘yxatni ko‘rishi imkoniyati yaratilgandi. Buning uchun mandat.uzbmb.uz saytiga kirib, «Kengaytirilgan qidiruv» bo‘limini tanlash kerak.

Qidiruv natijasida abituriyentlarning ro‘yxati, ularning to‘plagan ballari va davlat granti yoki boshqa yo‘nalish bo‘yicha holati aks etadi.

Shuningdek