Dollar yana oshdi: 24-avgust uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Dollar kursi 6,39 so‘mga oshdi
Dollar yana oshdi: 24-avgust uchun valyutalar kursi e’lon qilindi
Foto: depositphotos

24-avgust uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar kursi 6,39 so‘mga oshib, 11 853,55 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.

Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi

Dollar 17-avgust kuni 46,71 so‘mga tushib, 11 891,18 so‘mni, 18-avgust kuni esa 33,83 so‘mga tushib, 11 891,18 so‘mni, 19-avgust kuni 36,95 so‘mga tushib, 11 820,40 so‘mni va 20-avgust kuni yana 25,52 so‘mga tushib, 11 794,88 so‘mni tashkil etdi. 21-avgust kuni esa kurs 52,28 so‘mga oshib, 11 847,16 so‘mni qayd etdi. 

Yevro kursida ham o‘sish kuzatildi. Yevropa valyutasi 26,43 so‘mga oshib, 13 869,84 so‘m bo‘ldi. Rossiya rubli ham oshdi. Rubl kursi 0,42 so‘mga oshib, 141,86 so‘mni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri 2026-yilning yanvar – iyul oylarida xorijiy valyutaga talab sezilarli oshganiga qaramay, so‘m dollarga nisbatan qariyb 0,4 foizga mustahkamlangani haqida yozgandi.

Shuningdek