Ozarbayjon prezidenti 23 – 24-avgust kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
O‘zbekiston va Ozarbayjon Oliy davlatlararo kengashining uchinchi yig‘ilishi o‘tkaziladi
Ozarbayjon prezidenti 23–24-avgust kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi
Foto: Shutterstock

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan 23 – 24-avgust kunlari O‘zbekistonda davlat tashrifi bilan bo‘ladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Tashrif doirasida Toshkent shahrida ikki davlat rahbarlarining oliy darajadagi muzokaralari hamda O‘zbekiston va Ozarbayjon Oliy davlatlararo kengashining uchinchi yig‘ilishi o‘tkaziladi.

Unda O‘zbekiston – Ozarbayjon strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, tovar ayirboshlash hajmini oshirish masalalari muhokama qilinadi.

Shuningdek, ishbilarmon doiralar va hududlar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, transport-tranzit imkoniyatlaridan samarali foydalanish hamda madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirishga e’tibor qaratiladi.

Davlat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashib, ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi hamkorlikni muhokama qiladi.

Muzokaralar yakunida muhim hujjatlar to‘plamini imzolash, shuningdek, qator iqtisodiy va gumanitar loyihalarni ishga tushirish rejalashtirilgan.

Ayni paytda O‘zbekistonda ikki mamlakat hududlari forumi va boshqa qo‘shma tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Avvalroq «Kursiv» nashri Mirziyoyev O‘zbekistonda ikkinchi AES bo‘yicha tayyorgarlik boshlanishini ma’lum qilgani haqida yozgandi.

Shuningdek