O‘zbekiston ayollar terma jamoasining pley-offdagi raqiblari aniqlandi

2027-yilgi FIFA ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionati qit’alararo pley-off turnirining dastlabki bosqichiga qur’a tashlandi. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga ko‘ra, O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Papua Yangi Gvineya, Gana va Janubiy Afrika Respublikasi bilan o‘ynaydi.
Qur’a natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi dastlab Papua Yangi Gvineyaga qarshi maydonga tushadi.
Keyingi uchrashuvda o‘zbekistonlik futbolchilar Gana bilan bahslashadi. So‘nggi turda esa O‘zbekiston Janubiy Afrika Respublikasi terma jamoasiga qarshi o‘yin o‘tkazadi.

Mazkur bosqichda, shuningdek, Xitoy Taypeyi va Ekvador terma jamoalari ham ishtirok etadi.
O‘yinlar noyabr-dekabr oylarida o‘tkaziladi
2027-yilgi ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionati saralashining ushbu bosqichi noyabr-dekabr oylarida markazlashgan tartibda tashkil qilinadi.
Pley-off bahslari yakunlari bo‘yicha jamoalar Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun kurashni davom ettiradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Abduqodir Husanov yangi mavsum oldidan «Manchester Siti» safida yana o‘ng qanot himoyachisi sifatida ko‘rinish bergandi. O‘zbekistonlik futbolchi avval ham ushbu pozitsiyada o‘ynagan, biroq 2026/27 yilgi mavsum arafasida uning bu roldagi imkoniyatlari yana muhokamalar markazida qoldi.