
Vivo ayrim Yevrosiyo mamlakatlarida yangi V70 Lite 4G smartfonini taqdim etdi. GSM Arena yozishicha, model 5G tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlamaydi, biroq 8100 mA/soat sig‘imli katta batareya, 120 Gts AMOLED ekran va IP69 darajasidagi himoyaga ega.
Vivo V70 Lite 4G Unisoc T7300 protsessorida ishlaydi. Smartfonda 8 GB LPDDR4X tezkor xotira va 128 yoki 256 GB UFS 2.2 ichki xotira mavjud.
Qurilmaning asosiy jihatlaridan biri 8100 mA/soat sig‘imli batareyadir. U 44 Vt quvvatli simli tezkor quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi.
Smartfonning 5G versiyasidan farqli ravishda yangi model faqat 4G mobil tarmoqlarida ishlaydi.
120 Gts AMOLED ekran o‘rnatilgan

V70 Lite 4G 6,83 dyuymli AMOLED displeyga ega. Ekran o‘lchamlari 2800×1260 pikselni, yangilanish tezligi esa 120 Gtsni tashkil etadi.
Barmoq izi skaneri ekran ostiga joylashtirilgan. Asosiy kamera 50 va 2 megapikselli ikkita sensordan iborat. Old kamera esa 32 megapiksel aniqlikka ega.
IP69 darajasida himoyalangan

Smartfon IP69 standartiga mos himoyaga ega. Bu qurilmaning chang va suv ta’siriga yuqori darajada chidamliligini anglatadi.
Vivo V70 Lite 4G Android 16 asosidagi OriginOS 6 operatsion tizimida ishlaydi.
Hozircha smartfonning narxi e’lon qilinmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vivo X500 smartfoni qachon sotuvga chiqishi haqida xabar berilgandi.